Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Andijon tumani “Rohat” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi muammolarini hal etish, ularni rozi qilish kabi harakatlar Andijon viloyati IIB tomonidan har bir tumanda sayyor qabullar o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda. Bunday sayyor qabullardan biri bugun Andijon tumanida bo‘lib o‘tdi. Tumanning Orol “Madaniyat markazi” binosida “Rohat” MFY aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 46 ta murojaatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va ID karta rasmiylashtirish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilish, shu bilan birga bir marotabalik moddiy yordam puli olish, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam va order ajratish, nogironlik aravachasi ajratish hamda tikuv mashinasi berilishida amaliy yordam so‘ralgan murojaatlar shular jumlasidandir.
Murojaatlarning 36 tasi ijobiy hal etildi, 10 tasi viloyat Xalq qabulxonasi orqali tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul davomida 4 nafar probatsiya hisobida turgan shaxslarni jazodan muddatidan oldin ozod qilish masalasidagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib tegishli sudlarga taqdimnomalar kiritilishi taʼminlandi. 5 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar joyida rasmiylashtirib berildi. 1 nafar fuqaroning tikuv mashinasi ajratish haqidagi murojaati joyida ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqarolarning murojaati bo‘yicha nogironlar aravachasi topshirilib, 17 nafar fuqarolarga bir marotabalik moddiy yordam pullari berildi.
Sayyor qabul davomida qilingan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasiga, tegishli idoralar vakillariga taqdim etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati