23 Fevral 2023 yil 334

Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Baliqchi tumani 3-sektor hududining “Serquyosh” mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi muammolarini hal etish, ularni rozi qilish kabi harakatlar Andijon viloyati IIB tomonidan har bir tumanda sayyor qabullar o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda. Bunday sayyor qabullardan biri Baliqchi tumani 3-sektor hududining “Serquyosh” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida bandlik , kommunal , tadbirkorlik , kredit va turli yo‘nalishdagi 40 dan ortiq murojaat tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan masalalar ijroga yo‘naltirildi. Huquqiy tushuntirishlar berildi.

Misol uchun Qiyali mahallasida yashovchi Tojiboyeva Maftuna o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha 9 - bog‘chaga ishga joylandi.

Kattabuloq mahallasidan Dexqonova Raxima turmush o‘rtog‘in Umrzoqov Mo‘ydinjonni davolash uchun yordam so‘radi. Bemor tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limida davolanmoqda. Dori - darmondan yordam beriladi.

Islomobod mahallasidan Sarimsoqov O‘tkir haydovchilik kasbida. Afzalbek Sultonahmedov esa ukasining kontrakt puliga yordam so‘radi kabi masalalar nazoratga olindi. Masʼul mutasaddi rahbarlarga murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tezkorlik bilan yechimini topish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sayyor qabul davomida qilingan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasiga, tegishli idoralar vakillariga taqdim etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech