Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Buloqboshi tumanida aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 17-may kuni Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Buloqboshi tumanida joylashgan “Yong‘oqzor dam olish” maskanida Qaqir MFY aholisining murojaatlari tinglandi
Sayyor qabulda jami 40 nafar fuqaro qabul qilinib, 41 ta turli masaladagi murojaat ko‘rib chiqildi.
Sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit olish, jazosini muddatidan oldin ozod qilish, moddiy yordam olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalarini rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati