6 Oktyabr 2022 yil 412

Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Paxtaobod tumani 3-sektor hududining Uchqurg‘on mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi raxbariyati Paxtaobod tumani “Uyg‘ur” madaniyat markazi binosida, 3-sektor hududidagi Uchqo‘rg‘on MFY aholisining murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda jami 37 nafar fuqarolar qabul qilinib, 39 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 6 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish masalalarida, 4 tasi moddiy yordam berish, 1 tasi nogironlik aravachasi, 7 tasi imtiyozli kredit olish, 4 tasi jazosini muddatidan oldin ozod qilish, 5 tasi sog‘liqni saqlash masalasida, 1 tasi talaba kontrakt pullarini to‘lab berish, 3 ta subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, 2 ta gaz balon olish, 1 tasi ishga kirish hamda 5 ta boshqa masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

Murojaat qilgan fuqarolardan 28 tasiga joyida ijobiy hal etilib, 4 tasiga tushuntirish berildi, qolgan 7 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Jumladan, 6 nafar fuqarolarga shundan 5 nafariga 5 milliondan so‘m imtiyozli kredit pullari, 1 nafar fuqaroga 2 million so‘m talaba to‘lov kontrakt pullari  berildi.

1 nafar nogiron fuqarolarga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqarolarga sog‘ligini tiklashlari va davolanishlari uchun shifoxonaga yo‘llanma order berildi.

6 nafar fuqarolarga O‘zbekiston respublikasi fuqarolik pasportlari shaxsan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech