30 Mart 2020 yil 1057

Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

Andijon viloyatida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronovirus tarqalishini oldini olish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish borasida qator tashkiliy-huquqiy va amaliy tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyatning 3-sektoriga qarashli barcha hududlarida ham viloyat IIB tashabbusi bilan  hayrli ishlar amalga oshirib kelinyapti. Shu yilning 29 mart kuni Andijon tumani sektor rahbarlari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash xonadonlariga borilib, ularga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan har xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Fuqarolarga karantin davrida belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etishlari, jamoat joylariga himoya niqoblarisiz chiqmasliklari, ortiqcha vaximaga tushmasliklari, davlatimiz tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda. Bu kabi xayrli tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech