Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boʻlinmalari, “102” tizimi xodimlari bilan psixologik seminar-trening tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli farmoyishiga asosan, Andijon Davlat Universiteti hamkorligida, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boʻlinmalari “102” tizimi xodimlari bilan psixologik seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda yosh xodimlar xizmat davomida duch kelishi mumkin boʻlgan muammolarni psixologik tomondan hal qilish usullari va yoʻllari interfaol tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, hozirgi kunda keng tarqalib borayotgan “psixotrop moddalar” va “totalizator oʻyinlar”iga qaram boʻlib qolish va ushbu illatlarning yoshlar ongiga, sogʻligʻiga jiddiy ziyon keltirishi natijasida ularning ortidan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar bir-qancha misollar orqali keltirib oʻtildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati