Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi tomonidan xodimlar o‘rtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targ‘ibot qilinmoqda
Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan maʼnaviyat va maʼrifat darslari davomida shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tizim faoliyati bilan bog‘liq yangi qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ichki ishlar vazirligining meʼyoriy buyruqlari mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yildagi "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi O‘RQ-788-son, 18.08.2022 yildagi “Imom Buxoriy ordenini taʼsis etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-789-son va 03.08.2022 yildagi “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-786-sonli Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 03.08.2022 yildagi “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 427-son va 22.08.2022 yildagi “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-son Qarorlarining mazmun-mohiyati, ahamiyati barcha xodimlar eʼtiboriga to‘liq yetkazildi va tushuntirildi.
Shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati