18 Fevral 2023 yil
308
Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Paxtaobod tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 28 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi
Bugungi kunda ishsiz aholining bandligini taʼminlash, ularni tinch va farovon turmush kechirishlariga sharoit yaratish va bu orqali odamlarning roziligini olish davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan eng muhim vazifalardan biridir.
Ayni shu vazifalardan kelib chiqib, Paxtaobod tumanidagi 1-son Kasb-hunar maktabida jazo muddatini o‘tab qaytgan, probatsiya hisobida turgan fuqarolar bandligini taʼminlashga yo‘naltirilgan mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, tuman hokimligi hamda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 28 nafar fuqaro turli yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati