30 Noyabr 2022 yil 389

Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va tegishli mutassaddi idoralar bilan hamkorlikda targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va tegishli mutassaddi idoralar bilan hamkorlikda, joriy yilning noyabr oyida Andijon viloyatining turli davlat idora va tashkilotlari, Yoshlar ishlari agentligi, taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari ishtirokida “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati”, “Ekstremistik va terroristik xatti-harakatlarning huquqiy va salbiy oqibatlari”, “Milliy libos – maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzularida targ‘ibot uchrashuvlari o‘kazildi.

Ishtirokchilarga ushbu illatlarga qarshi kurashish borasida zarur tushunchalari berildi. Hozirda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech