15 Iyun 2023 yil 644

Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari bilan xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni Muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari X.Qurbonov va N.Xaqberdiyev hamda Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.Raxmonovlar tomonidan joriy yilning 12-iyun kuni Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi hamda xizmatni tashkil etish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhit o‘rganildi.

Tashrif davomida xodimlar xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya qilish borasida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi rahbarlari va masʼul xodimlariga zaruriy ko‘rsatmalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech