Andijon viloyati IIB tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari oʻtkazildi
Xabaringiz bor haftaning har payshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qaroriga asosan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bu galgi tadbirda viloyatning Andijon, Asaka, Boʻston va Ulugʻnor tumanlarining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 30 ta mahalla hududida oʻtkazilib, tasdiqlangan taqsimotga asosan 784 nafar turli sogʻa vakillari jalb qilindi.
I. Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash boʻyicha:
- Xonadonlarni qarovsiz qoldirmaslik, kuzatuv kameralari bilan jihozlash, qoʻriqlash pultiga ulash boʻyicha oʻtkazilgan tushuntirish-targʻibot ishlari natijasida 17 ta xonadonlar qoʻriqlash pultlariga ulandi;
- Mahalla hududida joylashgan 533 ta koʻngilochar, savdo va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarining egalari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi;
- Ov quroliga ega boʻlgan 274 nafar shaxslar tekshirilib, qurollarni saqlanishi va roʻyxatdan oʻtganligi oʻrganildi. Natijada 1 nafar shaxslar tomonidan ov qurollarini saqlash qoidalarini buzganlik holati aniqlanib egalariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;
- Joylarda “TIGʻ” tadbirlari oʻtkazilib, 11 nafar shaxslardan 11 ta tigʻli buyumlar olindi;
- Oila-turmush munosabatlari doirasida janjallashayotgan
169 nafar shaxslar bilan individual profilaktik suhbatlar oʻtkazildi;
II. Profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan oʻtkazilgan tadbirlar:
- Probatsiya hisobida turib, mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlarni jazosini yengilrogʻiga (ozod etish) yoki boʻyin tovlab yurgan mahkumlarni jazosini ogʻirrogʻiga almashtirish boʻyicha 2 ta “Sayyor sud” majlislari oʻtkazildi, 18 nafar tuzalish yoʻliga oʻtgan shaxslar muddatidan oldin jazodan ozod qilinib, 1 nafar nazorat ostidagi shaxslarning jazolari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi;
- Ishsiz aholi qatlamini ishga joylashtirish maqsadida joylarda 3 ta boʻsh ish oʻrinlari “Mehnat yarmarkasi”lari tashkil etilib, 15 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi;
- Profilaktik hisobida turgan 355 shaxslar bilan profilaktik-ogohlantiruv suhbatlari oʻtkazilib, ulardan “Rasmiy ogohlantirish” hatlari olindi;
- Maʼmuriy nazorat taʼsiriga tushuvchi 4 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilib, 33 nafar nazoratdagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishlari tekshirildi;
- Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 20 nafar ayollarga “Himoya order”lari berildi. Shuningdek, muqaddam himoya orderi berilgan 75 ta oilalardagi muhit oʻrganildi;
III. Profilaktik tadbirlar:
- Uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarning 508 nafar oila aʼzolari hamda qaytib kelgan 300 shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazildi;
- Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan 9 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazolari tayinlandi;
- Joriy yilning iyul oyida viloyatning Xoʻjaobod va Boʻston tumanlarida sodir etilgan qotillik jinoyatlarini salbiy oqibatlarini aholiga yetkazish boʻyicha 44 ta muhokama yigʻilishlari oʻtkazildi;
- Yoshlar orasida “salbiy liderlikka” intilayotgan 33 nafar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar oʻtkazildi;
- IV. Targʻibot va tashviqot tadbirlari:
- “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi” mavzusida fuqarolar oʻrtasida
260 ta targʻibot tadbirlari tashkil etildi; - V. Aholi muammolari boʻyicha:
- Boʻston tumani Mustaqillik 15 yilligi mahallasi, Oyim koʻchasini 120 metr qismi betonlashtirildi, Qoʻrgʻoncha koʻchasining
480 metr masofadagi qismi asfaltlashtirildi, ushbu mahalladagi 25 ta oilaga suyultirilgan gaz balonlari tarqatildi. - Asaka tumani Chek mahallasining 600 metr ichki yoʻllar shagʻallashtirildi.
Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati