Аndijon viloyati IIB tomonidan Sardoba aholisiga 150 mln soʼm yordam koʼrsatildi
Аndijon viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh xodimlari ham Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida sodir boʼlgan favqulodda vaziyatdan zarar koʼrgan aholiga yordam berish maqsadida ushbu tumanga yetib borib, ofatdan zarar koʼrgan hududlarni tozalash ishlarida jonbozlik koʼrsatmoqdalar.
Xususan, Аndijon viloyati IIB YHXB tomonidan 20 ta “Kamaz” rusumli avtomashinalar Sardoba tumaniga olib borilib, “Yurtdosh”, “Doʼstlik” va “Qoʼrgʼontepa” mahallalarining favqulodda vaziyatdan zarar koʼrgan fuqarolarini koʼchirish, ularning yuklarini tashishda amaliy yordam koʼrsatilmoqda.
Shuningdek, Sardoba tumanida ofatdan jabr koʼrgan aholiga Аndijon viloyati IIB jamgʼarmasi tomonidan 150 mln soʼm pul mablagʼi koʼmak sifatida “Аgrobank”ning Sardoba filiali hisob raqamiga oʼtkazib berildi.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati