Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2833-son qaroriga asosan bugun Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlarini ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillarini jalb qilgan holda o‘tkazilishi tashkil etildi.
Tadbir viloyatning Andijon, Asaka, Baliqchi, Pahtaobod, Izboskan, Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa tumanlarining 30 ta mahallasi hududida o‘tkazilishi belgilandi.
Boshqarma boshlig‘i polkovnik A.T.Rahmatullayev tadbir o‘tkazilishi oldidan xizmat oldi yo‘riqnomasini o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati