Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2833-son qaroriga asosan Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bugungi tadbir viloyatning Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Bo‘ston va Xo‘jaobod tumanlarining 30 ta mahallasi hududida o‘tkazilishi belgilandi.
Tadbir keng qamrovda o‘tkazilishi munosabati bilan viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, xalq taʼlimi boshqarmalari, hududiy gaz va elektr taʼminoti korxonalari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari jalb qilindi.
Boshqarma boshlig‘i polkovnik A.T.Rahmatullayev tadbir o‘tkazilishi oldidan xizmat oldi yo‘riqnomasini o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati