Andijon viloyati IIB tomonidan “Xodim psixolog huzuriga emas - psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida qator ishlar olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologi hamda ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha bosh inspektori bilan hamkorlikda xodimlarning oilalariga tashriflar olib borilmoqda.
“Xodim psixolog huzuriga emas - psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalarning oilasiga tashrif buyurilib, oilada sogʻlom psixologik muhitni oʻrganishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilyapti.
Oʻtkazilgan suhbatlar asnosida asosiy eʼtibor xodim va uning oila aʼzolarining muammolarini oʻrganish va ularga ijobiy yechim topish koʻzda tutilgan boʻlib, xodimning ish unumdorligini oshirish maqsadida psixologik yordamlar koʻrsatildi.
Bu kabi tadbirlar viloyat boʻyicha davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati