Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida tarbiyaviy-profilaktik mazmundagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida 2020 yilning 11 noyabr' kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Imyaminov hamda IIV O‘XB Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi mas'ul xodimi ishtirokida viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat intizomi, qonuniylik va transport intizomiga rioya qilinishi hamda ular tomonidan turli xil favqulotda hodisalarni oldini olish yuzasidan tarbiyaviy-profilaktik mazmundagi yig‘ilish o‘tkazildi.
So‘z olganlar tomonidan xodimlar o‘rtasida qonunbuzilish holatlarini oldini olish borasida samarali ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, turli nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgan ayrim ichki ishlar organlari xodimlari tizimdan bo‘shatilayotganligi, shuningdek keyingi davrda xodimlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari salmog‘i ortganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shaxsiy tarkib e'tiboriga viloyat ichki ishlar organlari ayrim xodimlari ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Tadbir yakunida xizmat intizomi, qonuniylik va transport intizomini ta'minlash yuzasidan o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining mas'ulligi belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati