Andijon viloyati IIB va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan kanselyariya xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi
2022 yil 17 oktyabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2022 yil 9 oy yakuni bo‘yicha Andijon viloyati ichki ishlar organlarida davlat va xizmat sirlarini saqlash, ichki ishlar organlarida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil hamda xodimlar tomonidan qonunchilik, xizmat va ijro intizomiga amal qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muhokama yig‘ilishni viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Kotibiyat boshlig‘i podpolkovnik N.Bakirova olib bordi. Unda shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash haqida fikr-mulohazalar bildirilib, har bir ichki ishlar xodimi o‘z xizmat vazifasiga astoydil yondashishi, kasbini sevishi, yurtiga, Vataniga sadoqat bilan xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi katta tezkor vakili mayor F.Madaminov hamda viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor Q.No‘monovlar tomonidan fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, korrupsiyani oldini olish, taʼmagirlikga yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan va aniq fikrlar aytildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati