22 Fevral 2022 yil 683

Andijon viloyati IIB va Xalq taʼlimi boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 28-yanvar kuni “Maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB va Xalq taʼlimi boshqarmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandumda umumtaʼlim maktablarida huquqbuzarliklar va jinoyatlar profilaktikasini taʼminlash, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, hududiy ichki ishlar va xalq taʼlimi bo‘limlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va tezkor maʼlumot almashinuvini mustahkamlash, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash, maktab o‘quvchilarini ilmiy-ijodiy faoliyatga undash, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash kabi ezgu maqsadlar hamda maktab o‘quvchilarini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qo‘shimcha fan, sanʼat to‘garaklari va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqa yo‘nalishlar mustahkamlangan.

Tomonlar mazkur Memorandum qoidalari va o‘zlarining vakolatlari doirasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun bir qator vazifalarni o‘z zimmalariga oldilar.

Jumladan, viloyatdagi 767 ta maktablarga viloyat Ichki ishlar organlarining ofitser xodimlari biriktirilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha samarali profilaktik-ogohlantiruv va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishlari, Xalq taʼlimi boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan esa o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etishda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi” usullaridan samarali foydalanish kabi vazifalar yuklatildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech