16 Aprel 2020 yil 713

Аndijon viloyati IIB xodimlari oʼz xizmat vazifalarini bajarish chogʼida qahramonlarcha halok boʼlganlarning oila-aʼzolaridan xabar oldi

Аndijon viloyati IIBning tuman-shahar ichki ishlar  boʼlimlari xodimlari tomonidan oʼz xizmat vazifalarini bajarish chogʼida qahramonlarcha halok boʼlganlarning oila-aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʼrsatilmoqda.Xususan, bu kabi xayrli tadbirlar Аndijon shahri, Аndijon, Аsaka, Buloqboshi, Baliqchi hamda Xoʼjaobod tumanlarida ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda olib borildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok boʼlganlarning oila aʼzolari orasida tibbiy koʼrikdan oʼtishga muhtojlari aniqlanib, ularning shifokorlar koʼrigidan oʼtkazilishiga ham amaliy yordamlar koʼrsatilyapti.Bundan tashqari, Аndijon viloyati ichki ishlar organlarida uzoq yillar  samarali xizmat qilib,  hozirda nafaqada boʼlgan  faxriylarning yashash xonadonlariga ham borilib, ularning xolidan xabar olinyapti. Bu kabi hayrli ishlar davom ettirilmoqda.  

 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech