Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan Oltinkoʻl tumanida qator ishlar olib borilmoqda
Joriy yilning 18-may kuni Andijon viloyati IIB XPB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik G.Abduvoxidova, Oltinkoʻl tumani IIB XPB XKMB katta inspektori, podpolkovnik N.Moʻminova hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ajrim yoqasidagi oilalar roʻyxatida boʻlgan, Oltinkoʻl tumani fuqarosi M.B va uning turmush oʻrtogʻi M.G bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi va oila yarashtirildi.
Shuningdek, Oltinkoʻl tumanida yashovchi T.Mga nisbatan fuqaro T.X tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq oʻtkazilganligi sababli himoya orderi berildi. Fuqaro T.Xga esa himoya orderida belgilangan cheklovlarga amal qilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
Oltinkoʻl tumani “Markaz” MFYda yashovchi fuqaro T.M va uning qaynonasi Yu.M oʻrtasida nizo mavjudligi sababli qaynona, kuyov hamda kelinning buvisi bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi va mazkur oilaviy nizoning kelib chiqish sabablari oʻrganildi.
Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati