6 Yanvar 2022 yil 449

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida o‘tkazilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida 40 ta ov quroli fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilgan  

Andijon viloyati IIB PPX va JTSB nazorat-litsenziyalash guruhi tomonidan o‘tgan 2021-yilda viloyat bo‘yicha jami 1 ming 993 nafar fuqaro  belgilangan tartibda ovchilik sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ovchilarga jami bo‘lib 2 ming 713 ta qurol saqlash uchun ruxsatnomalar berilgan.

Shahar-tuman IIB xodimlari tomonidan ovchilik sifatida ro‘yxatdan o‘tgan ovchilarni shaxsiy qurollarini saqlash holati, ruxsatnomalarning muddatlari muntazam ravishda tekshirib kelinmoqda.

Bundan tashqari, shahar-tuman IIB xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda qurol va o‘q-dorilarni saqlash yuzasidan “Qurol” tadbiri davomida bir qator holatlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan 2021-yilning 12 oyi davomida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida 40 ta ov-qurol fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda IIBlarga taqdim qilingan.

Andijon shahrida 8 ta, Andijon tumanida 5 ta, Baliqchi tumanida 2 ta, Buloqboshi tumanida 5 ta, Jalaquduq tumanida 4 ta, Izboskan tumanida 2 ta, Qo‘rg‘ontepa tumanida 1 ta, Marhamat tumanida 6 ta, Oltinko‘l tumanida 2 ta, Paxtaobod tumanida 2 ta, Xo‘jaobod tumanida 1 ta, Shahrixon tumanida 3 ta qurol ixtiyoriy ravishda fuqarolar tomonidan topshirilgan.

Shuningdek, qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida Andijon shahrida 2 ta, Marhamat tumanida 2 ta va Buloqboshi tumanida 1 ta holatlar aniqlanib, ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Hozirda fuqarolar tomonidan qurol va o‘q-dori hamda boshqa portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash, tashish hamda o‘tkazish holatlarini aniqlash yuzasidan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech