Andijon viloyati IIB xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli ko‘rsatmasiga asosan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 26 noyabr kuni Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi xodimlari, Andijon viloyati FVB otryadi xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati IIB JXX JTSB Reabilitatsiya qilish markazi, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash xibsxonasi hamda tumanlararo konvoy guruhi xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 18 noyabr kungi 15/4598-sonli ko‘rsatmasi hamda Andijon viloyati IIB JXX JTSBning tegishli alohida o‘quv rejasining ijrosi yuzasidan o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv amaliy mashg‘ulotlarini konvoy qilish va saqlash jarayonida ularning sog‘lig‘i yomonlashib qolgan holatlarda ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xodimlarga ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tildi. O‘quv mashg‘ulotidan so‘ng xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli bilimlarga ega bo‘lishdi.
O‘quv amaliy mashg‘ulotida xodimlarga qurol olib yurish va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida yana bir bor tushunchalar berildi. Mazkur mashg‘ulot davomida xodimlar «Mokarov» pistoleti va «AK» (avtomat kalashnikov) qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish bo‘yicha amali mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati