28 May 2021 yil 665

Andijon viloyati IIB YHXBda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

2021 yilning 28 may kuni Andijon viloyati IIB YHXBda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev huzurida  o‘tgan 4 oyi davomida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ish natijalari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonunchilik va xizmat intizomi yuzasidan masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Xususan, transport vositalarining soni ortib borayotganligidan kelib chiqqan holda sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayotganligi, tizim rahbarlarining qo‘l ostida xodimlar ustidan nazoratni susaytirganligi, targ‘ibot va tashviqot ishlarining taʼsirchanligi yetishmayotganligi kabi omillar viloyatda so‘nggi kunlarda og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishida asosiy sabab ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, so‘ngi vaqtlarda respublikada, shu jumladan, viloyat hududida o‘lim bilan yakunlangan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari qayd etib borilayotganligi taʼkidlab o‘tilib, joriy yilning may oyida Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qayd etilgan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lgan omillar atroflicha sharhlab berildi.

Yig‘ilish yakunida o‘z xizmat vazifalarini bajarishga masʼuliyat bilan yondashmagan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech