Andijon viloyati IIB Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan 2021-yil 4-chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy tadbirlar rejasiga asosan, noyabr-dekabr oylarida ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy bilim saviyalarini oshirish maqsadida sohaga oid qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Ichki ishlar vazirining buyruqlarining mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-son “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-27 son farmoni, 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-23 son qarori talablari va mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga to‘liq yetkazildi.
Hozirda mazkur yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati