Andijon viloyati IIB Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 21-22 yanvar kunlari karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda viloyat IIB, PPXvaJTSB, Andijon va Shahrixon tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy bilim saviyalarini oshirish maqsadida yurtimizda ichki ishlar organlari sohasiga oid qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Ichki ishlar vazirining buyruqlarining mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 dekabrdagi O‘RQ-737-son “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil30 noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-23 son qarori, Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 17 noyabrdagi 690-son “Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchlik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish yaora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021 yil 16 dekabrdagi 757-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari va qorovullik bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq talablari va mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga to‘liq yetkazildi.
Hozirda bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati