Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan 2022 yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 17-fevral kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti talabalari va “Omad-97” xususiy savdo ishlab chiqarish firmasi ishchilari, 18-19 fevral kunlari esa boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident farmon va Qarorlarining mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-749-son Qonuni, 2022-yil 2-fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yana-da kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-752-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81 son qarori, 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son, 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-118-son farmoni, 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarori talablari va mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib, tadbirkorlar va talabalar eʼtiboriga to‘liq yetkazildi.
Hozirda bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: