11 Fevral 2023 yil 222

Andijon viloyati IIBda “Bobur mohir sarkarda va xalqparvar podishoh" mavzusida navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-fevral kuni Andijon viloyati IIBda boshqarma shaxsiy apparati uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi o‘tkazildi.  

Dastlab, “Bobur mohir sarkarda va xalqparvar podishoh” mavzusida Andijon davlat universiteti, Filologiya fakulteti, “O‘zbek adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa Doktori  Qo‘chqarov Oybek Abdumansurovichning maʼruzasi tinglandi.

Unda ulug‘ bobokalonimizning hayot yo‘li, amalga oshirgan ishlari va yozib qoldirgan nodir asarlari to‘g‘risida boshqarma shaxsiy tarkibiga batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston-24” telekanali orqali efirga uzatilgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi namoyish etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech