Andijon viloyati IIBda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 8-fevraldagi PQ-122-sonli Qaroriga muvofiq , Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 27-apreldagi 127-sonli “Ichki ishlar organlari tizimida «Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli koʻrsatmasi va Andijon viloyati IIBning 2022-yil 11-avgustdagi 58-son farmoyishiga asosan Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik tanlov ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari, kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini toʻliqsiz qismlarga ajratish, yigʻish sinovlari, ekspert-kriminalistika faoliyati yoʻnalishida yakka tartibdagi suhbat bosqichlarida oʻtkazildi.
Koʻrik tanlovni oʻtkazish boʻyicha tanlov komissiyasining 2022-yil 26-avgust kungi 40-sonli yigʻilish bayonnomasiga asosan 1-oʻrinni Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi Davlat oʻq gilzotekasini yuritish guruhi bosh eksperti mayor Toʻrayev Xuzurbek, 2-oʻrinni Boʻston tumani IIB EKG katta eksperti leytenant Abdurahmonov Muhammad va 3-oʻrinni viloyat IIB EKB Ekspert-kriminalistika markazi Davlat oʻq gilzotekasini yuritish guruhi katta eksperti mayor Qosimjonov Dostonbeklar egalladi.
Hududiy saralash bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlar Respublikada boʻlib oʻtadigan koʻrik tanlovda ishtirok etishadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati