Andijon viloyati IIBda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Andijon viloyati IIBda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ashmatov Farxod Burxonovich ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini muhokama qilish hamda taklif va mulohazalar bildirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Andijon viloyati IIB HPBning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar, shuningdek Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Xotin-qizlar va Yoshlar agentligi boshqarmalarining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
So‘z olganlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri loyihasi yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar va qonun loyihasi atroflicha o‘rganib chiqildi.
Muhokama yakunida ushbu qonun loyihasi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati