Andijon viloyati IIBda joriy yilning 9 oyi mobaynida murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Andijon viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Doimiy komissiya raisi podpolkovnik A.T.Raxmanov raisligida, komissiya o‘rinbosari va aʼzolari, Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi rahbariyati tomonidan, mustaqil boshqarma, bo‘lim boshliqlari, doimiy komissiya kotiblari shahar, tuman IIB boshliqlarining maʼnaviy va maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari bilan 2022 yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shuningdek ularning jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlari bilan ishlash sohasida yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar, xodimlar tomonidan xizmat, ijro intizomi va qonun buzilishlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati