8 Aprel 2022 yil 457

Andijon viloyati IIBda “Maʼnaviyat oyligi” davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi

Joriy yilning 7-aprel kuni Andijon viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i polkovnik A.Imyaminov hamda vazirlik MMI va KBT Departamenti masʼul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari, kasbiy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i, sohaviy xizmat va tarkibiy tuzilmalar, tuman-shahar ichki ishlar organlari, jazoni ijro etish muassasalari hamda harbiy bo‘linmalar boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashadilar.

Unda Ichki ishlar Vazirining 2022-yil 25-mart kungi 79-sonli Farmoyishiga asosan, barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida joriy yilning 2-aprel kunidan 2-may kuniga qadar o‘tkaziladigan “Maʼnaviyat oyligi” davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech