29 Iyul 2022 yil 372

Andijon viloyati IIBda Muvofiqlashtiruvchi kengashning 6 oylik faoliyati bo‘yicha videoselektor shaklida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Farg‘ona vodiysida jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan videoselektor shaklida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot yig‘ilishida kengash raisi-Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.T.Rahmatullayev kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zining fikrlarini bildirib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i polkovnik M.O‘.Jo‘rayev, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.B.Djabborov, Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.R.Ortiqov hamda boshqa masʼul xodimlarning hisobotlari tinglandi, amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech