9 Iyun 2023 yil 465

Andijon viloyati IIBda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi talabalari bilan “Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 7-iyun kuni oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi talabalari bilan “Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish” mavzusida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik A.T.Raxmanov va ushbu sohaga aloqador masʼul rahbarlar tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvga Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklini bitirayotgan talaba yoshlari taklif etildi.

Uchrashuv davomida podpolkovnik A.T.Raxmanov talaba yoshlarga ichki ishlar organlaridagi ayni vaqtda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, xizmatga qabul qilish jarayonlarida nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, sohada xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida maʼlumotlar berdi, shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼul xodimlardan javoblar olishdi.

Uchrashuv yakunida talaba yoshlar uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi maʼmuriy binosida, xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlariga atab barpo etilgan “Xotira maydoni” va “Shon-sharaf” muzeyiga sayohatlar uyushtirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech