Andijon viloyati IIBda o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati barcha ichki ishlar organlari xodimlariga yana bir bor yetkazildi
Joriy yilning 4-fevral kuni Andijon viloyati IIBda tashkil qilingan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi videoselektor tarzida o‘tkazildi. Unda boshqarma shaxsiy apparati va barcha tuman-shaharlarning xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab, “Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusida Andijon davlat universiteti “O‘zbek adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa Doktori Mamajonov Zokirjon Axmadjonovichning maʼruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Bosh inspektori mayor Otaboyev Ikromjon Usmonjonovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kungi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyatini barcha mustaqil boshqarma, sohaviy xizmat rahbarlari hamda tuman-shahar IIBlarning shaxsiy tarkibiga batafsil yetkazildi.
Xususan, ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qarorda keltirilgan talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati