4 Sentyabr 2020 yil 758

Andijon viloyati IIBda soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati targ‘ib qilindi

Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi "Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6044-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng targ‘ib qilinmoqda.

Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlariga Farmon bilan lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan isloh qilinganligi, 2020 yilda 266 ta lisenziyalanadigan faoliyat turidan 70 tasi, 140 ta ruxsat beruvchi hujjatlardan 34 tasi bekor qilinishi va boshqa shu kabi muhim o‘zgarishlar belgilanganligi yetkazildi.

Hozirda, Yuridik ta'minlash bo‘limi tomonidan Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va joylardagi ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli va manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati    

Text to speech