21 Yanvar 2023 yil 371

Andijon viloyati IIBda videoselektor tarzida o‘tkazilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati barcha ichki ishlar organlari xodimlariga yetkazildi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Andijon viloyati IIBda tashkil qilingan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi videoselektor tarzida o‘tkazildi. Unda boshqarma shaxsiy apparati va barcha tuman-shaharlarning xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, “Davlat tili – birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusida Andijon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xaboxunova Roziya Shodmonovnaning maʼruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘z olgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.T.Raxmanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 20 yanvar kungi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyatini barcha mustaqil boshqarma, sohaviy xizmat rahbarlari hamda tuman-shahar IIBlarning shaxsiy tarkibiga yetkazib, kelgusida ushbu qaror bilan tasdiqlangan kodeks va nizomni o‘zlashtirish masalasi yuzasidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini  alohida taʼkidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, "O‘zbekiston-24” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan Prezident qarorining mazmun-mohiyati aks ettirilgan videolavha barcha shaxsiy tarkib eʼtiboriga namoyish etildi.   

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech