23 Avgust 2023 yil 8798

Andijon viloyati IIBda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida 7 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi  

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida 7 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishda shahar-tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektorlari ishtirok etdilar.

Jarayonda  Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari I. Ismanov  ishtirokida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar shahar-tumanlar kesimida muhokama etilib, xodimlarga jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tavsiyalar berib o‘tdi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda inspektor-psixologlarni o‘rni muhim hisoblanadi. Shu bois yig‘ilishda Andijon viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i M. G‘oziyev tumanlarda xizmat olib borayotgan inspektor-psixologlarni faoliyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va yoshlar bilan muntazam muloqotlar o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berib o‘tdi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech