Andijon viloyati IIBda yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida 2022 yilning 12 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash va aholi muammolarini bartaraf etish, "Mahallabay" tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda tegishli shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlarini hisobotlari tinglanib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni sodir etilishiga shart-sharoit yaratib bergan omillar o‘rganilib, bu borada ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlariga tanqidiy baho berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar, alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan shaxslar bilan “Mahallabay” ishlarni jadallashtirish, shuningdek, 3-sektorda aholi muammolarini o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida ham bir qator vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati