2 Noyabr 2022 yil 362

Andijon viloyati IIBga biriktirilgan Asaka tumanidagi 16-Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchi yoshlari Andijon shahridagi muzeylarga tashrif buyurdilar

O‘quvchi yoshlar dastlab "Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi"da bo‘lib, “Ko‘xna va navqiron Andijon” ekspozitsiyasi, shuningdek, tabiat bo‘limida “Vodiyning tabiati, o‘simliklari va hayvonot dunyosi” hamda muzey fondida saqlanayotgan viloyatimizning taniqli rassom va xalq amaliy sanʼati ustalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdilar.

Bundan tashqari Andijon davlat universitetida tashkil qilingan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi"da ham bo‘lishib o‘zlari uchun qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashriflar o‘quvchilarda tariximiz haqida bilimlarini yana-da ko‘payishi, ularning tarixga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va o‘zlari uchun kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech