Andijon viloyati IIBning murojaatlar bilan ishlashga masʼul rahbar va xodimlari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan faoliyat dasturiga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Andijon viloyatida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Joriy yidning 28 may kuni Qo‘rg‘ontepa tumani va Andijon shahrida o‘tkazilgan seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Sarvar Mamadiyev, IIV Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari, podpolkovnik Shuhrat Abdumuratov, podpolkovnik Sherzod Quychiyev, IIV YHXBB murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Dilnoza Rajabovadan iborat ishchi guruhi ishtirok etdi.
Andijon viloyati IIB sohaviy xizmatlarining murojaatlar bilan ishlashga masʼul mutasaddi rahbar va xodimlari qatnashgan seminar-trening o‘zaro savol-javob tarzida, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishchi guruh aʼzolari O‘zekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasiga tushayotgan ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar haqida alohida to‘xtalib, ularni hal etish jarayonida uchrab turgan ayrim kamchiliklar hamda bartaraf etish yo‘llari haqida atroflicha so‘z yuritdilar.
Ayniqsa, seminarda yo‘l harakati xavfsizligi, tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishlaridagi murojaatlar tahlil etilib, takroriy murojaatlarni kamaytirish, har bir murojaatga jiddiy eʼtibor qaratish va masʼuliyat bilan yondashish bo‘yicha zarur tavsiyalar, maslahatlar berildi.
Muloqot va do‘stona ruhda o‘tgan seminar davomida murojaatlar bilan ishlashdagi elektron tizim va mexanizmlarga qo‘shimchalar kiritish, soddalashtirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati