Andijon viloyati IIBning tegishli sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB boshliqlari tomonidan tashkilot muassasalardagi isitish tizimlarining yaroqlilik ahvoli doimiy ravishda ko‘zdan kechirilmoqda
Mamlakatimiz bo‘ylab qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, viloyat, shahar-tumanlarda alohida shtablar tashkil etilib, kunu-tun faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
Mavsum davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan o‘zlarining hududlaridagi taʼlim dargohlari, ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalarning shayligi, sinfxona va kabinetlarning isitish tizimlarining yaroqlilik ahvoli doimiy ravishda ko‘zdan kechirilmoqda.
Bundan tashqari, aholini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududlarda foydalanib kelinayotgan elektr transformatorlarni yaroqlilik holatlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, aholi uchun ajratilayotgan ko‘mir mahsulotlarini manziliga yetib borish va tarqatish jarayonlari ham joylardagi ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining shaxsan nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Qish mavsumini betalafot o‘tkazishda boshqa soha xodimlari qatorida ichki ishlar organlari xodimlari ham keng qamrovda safarbar etilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati