Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hodimlari tomonidan sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi
Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan oziq-ovqat bozorlari va ularning shoxobchalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, shu yilning 22-yanvar kuni Oltinko‘l tumani Oqtepa bozorida tuman veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda 55 kilogramm sifatsiz go‘sht mahsulotlari va yaroqsiz 310 dona tuxumlar aniqlandi. Ushbu sifatsiz mahsulotlar savdodan chetlatilib, veterinariya laboratoriyasiga topshirildi.
Hozirda Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida joylashgan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini fuqarolarga sotilishini oldi olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati