Andijon viloyati IIO xodimlarining siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida yangi qabul qilingan xujjatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi
Andijon viloyati ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida, ichki ishlar organlarining faoliyati, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirgan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qarorlari va Ichki ishlar vazirligining meʼyoriy buyruqlari mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazib borilmoqda.
Xususan, “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 19 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-794-sonli, 2022 yil 27 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-797-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasining “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati, ahamiyati barcha xodimlar eʼtiboriga to‘liq yetkazildi va tushuntirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati