10 Avgust 2022 yil 321

Andijon viloyati IIOda xizmat olib borayotgan ayol xodimalarning ish jarayonlari koʻzdan kechirilib, psixologik suhbatlar olib borildi

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi hamda 2022-yil 23-mart kunidagi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi MMI va KBTX boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari mayor B.Mirzayeva hamda bosh psixolog mayor E.Oʻsmonov bilan hamkorlikda tizimda xizmat olib borayotgan xodimalarni xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishi koʻzdan kechirilib tungi, kunduzgi tekshiruvlar oʻtkazildi hamda xizmat sharoitlari tekshirildi.

Shuningdek xodimalarning oilaviy ahvoli oʻrganildi. Ruhiy holati boʻyicha oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Ularning sharoitlari yuzasidan amaliy yordam berish choralari koʻrildi. Shu bilan birga xodimalarning mutolaa qilayotgan badiiy adabiyotlari boʻyicha suhbat oʻtkazilib, xodimalarni “Vatanparvarlik” oyligi doirasida boshqarmada tashkil etilgan Vatanparvarlik burchagiga tashrifi uyushtirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech