16 Mart 2023 yil 772

"Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 1 kishini 10 ga yaqin bola do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi" sarlavhasi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan

Bugun 16-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 1 kishini 10 ga yaqin bola do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi" sarlavhasi bilan tarqalgan videoxabarda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7-mart kuni soat 12:10 larda Paxtaobod tumanidagi "Istirohat bog‘i" hududida shu tumanda yashovchi fuqarolar 2002-yilda tug‘ilgan M.M va 1995-yilda tug‘ilgan X.N.lar jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro bir-birini so‘kib haqorat qilib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlar.

Oradan bir kun o‘tib, 8-mart kuni soat 17:30 larda fuqaro M.M X.N.ni Paxtaobod tumani Z.Xabibiy MFY hududida ko‘rib qolib, bir kun avval nima sababdan haqorat qilganligini aytgan vaqtida ular o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Mazkur janjalga guvoh bo‘lgan bir nechta fuqarolar kelib ularni ajratishgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan fuqarolar M.A va X.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi tartibida tergovga qadar tekshiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech