IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tarmoq ichki ishlar organlari Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan “Xavfsiz yo‘nalish” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, transport nfratuzilmalariga shikast yetkazish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda harakatdagi yuk va yo‘lovchi poyezdlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022 yil 20 oktyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz yo‘nalish” maxsus tezkor profilaktik tadbiri Departamentning tarmoq ichki ishlar organlari Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan hamkor huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda jamoatchilik hamkorligida uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Tadbir davomida shu kunga qadar tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan temir yo‘l bekatlari va temir yo‘llari atrofida joylashgan 47 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘ramidagi 1082 ta xonadon nazorat tartibida o‘rganilib, xatlovdan o‘tkazilgan.
Shundan, hududiy ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda temir yo‘llarga yaqin joylashgan xonadonlarda profilaktik ro‘yxatda turuvchi 53 nafar shaxslar ro‘yxatlari qayta taftishdan o‘tkazilib, ularning xonadonlariga tashrif buyurilib, profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
26 ta qo‘riqlanadigan, 19 ta qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalari hamda shoxobcha yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, temir yo‘l korxona tashkilotlari ishchi-xodimlar ro‘yxatlari shakllantirilmoqda.
Taʼlim muassasalarida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Tadbir natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tuzilgan ishchi guruhlar bo‘yicha har kuni soat 19:00da Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i huzurida chuqur tahlil etilgan holda keyingi kun rejalari belgilanmoqda.
Tadbir davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati