13 Dekabr 2021 yil 497

Andijon viloyatida 565 million so‘mga teng bo‘lgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIB TvaEQKB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.Tezkor tadbir davomida Bo‘ston tumani, Navro‘z MFY hududida joylashgan 44-sonli YPX maskanida Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Paxtaobod tumanida yashovchi fuqarolar D.A hamda R.U.larning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinalari to‘xtatilib tekshirilganida, ushbu avtomobillarning salonida tegishli hujjatlarsiz jami 565 million so‘mga teng bo‘lgan 67 dona qog‘oz qutida 669 ming 600 dona “Milano”, “Cavallo” va “Mond” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech