19 Oktyabr 2022 yil 410

Andijon viloyatida jazoni o‘tash muassasalaridan probatsiya bo‘linmalari hisobiga chiqayotgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va ularga ko‘maklashish bo‘yicha hamkor tashkilotlaring kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati hokimligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar va safarbarlik guruhi rahbari Nazirov Bekzodbek Jo‘ramirzayevich huzurida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, huquqiy va psixologik yordamlashish borasida o‘tgan 9 oy davomida hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.

Muhokama yig‘ilishida tegishli mutasaddi idora vakillarining hisobotlari eshitilib, kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech