Andijon viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Andijon viloyati IIB T va EQKB OS va NMQKB xodimlari tomonidan, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda “30 kun-hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida, “Biz odam savdosiga qarshimiz!” aksiyasi oʻtkazilmoqda.
Tadbirda aholi gavjum joylar hamda Andijon viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan oʻtkazish punktlarida xususan Xoʻjaobod tumanida joylashgan “Doʻstlik” hamda Paxtaobod tumanida joylashgan “Madaniyat” chegara postlarida odam savdosi hamda majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilib, ushbu yoʻnalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar, maʼlumotlar berildi va 100 dan ortiq fuqarolarga zarur bukletlar hamda flayerlar tarqatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati