24 Aprel 2023 yil 397

Andijon viloyatida o‘tkazilgan "Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktyabrdagi PF–6099-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 15-fevraldagi 72-son farmoyishiga asosan, joriy yilning 17-20 aprel kunlari Andijon viloyatida ichki ishlar vazirligining akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yakka tartib hamda jamoaviy yo‘nalishlar bo‘yicha 14 ta terma jamoadan jami 224 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bellashdilar.

O‘tkazilgan musobaqada “Ko‘p kurash” yo‘nalishida IIV Farg‘ona akademik litseyi uchinchi o‘rinni, IIV Sirdaryo akademik litseyi ikkinchi o‘rinni hamda IIV Andijon akademik litseyi birinchi o‘rinni egalladi.

“Mini futbol” turi bo‘yicha IIV Farg‘ona akademik litseyi uchinchi o‘rinni, IIV 1-son Toshkent akademik litseyi ikkinchi o‘rinni hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Yengil atletika” turi bo‘yicha IIV Jizzax akademik litseyi uchinchi o‘ringa, IIV Andijon akademik litseyi ikkinchi o‘ringa hamda IIV Namangan akademik litseyi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra barcha shartlar bo‘yicha umumjamoa hisobida uchinchi o‘rin IIV Jizzax akademik litseyi terma jamoasiga, faxrli ikkinchi o‘rin IIV Sirdaryo akademik litseyi terma jamoasiga hamda mutlaq g‘oliblik IIV Andijon akademik litseyi terma jamoasiga nasib etdi.  

G‘olib sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech